Aql bovar qilmas qotillik
Insoniyat tarixida sodir etilgan birorta jinoyat fosh etilmasdan qolmagan. Ammo bu jinoyat hamon sirligicha qolmoqda.
…1974 yil 13 noyabr kuni tongi soat 3:15 da AQShning Amitivilla shahri politsiyasiga qo‘shni uyda otishma bo‘layotgani haqida xabar keldi. Ammo o‘q ovozi eshitilmayotgan emish. Politsiya Oushen ko‘chasiga yetib kelganda haqiqatan ham otishma bo‘layotgan xonadon derazasidan o‘q chaqnashlari ko‘rinar, ammo ovozi eshitilmasdi. Politsiya xonaga kirganda dahshatli manzarani ko‘rdi. Uy egasi Ronaldo Defeo, uning xotini va to‘rt farzandi to‘shaklarida yuz tuban o‘lib yotardi. Ular orqa tomondan boshga uzilgan o‘qdan jon bergandi.
Aniqlanishicha, qotillikni uy egasining katta o‘g‘li sodir etgan ekan. Ammo nima sababdanligi sirligicha qolaverdi. Qotilning aytishicha, allaqanday hindu ruhi uni "jigar"lari joniga qasd qilishga undabdi. Yigit tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganida uni mutlaqo sog‘ligi aniqlandi.
Jinoyat ishida juda ko‘p jumboqlar paydo bo‘ldi. Nega qo‘shnilar o‘q ovozini eshitmadi, faqat o‘q chaqnashini ko‘rishdi? Nega birinchi o‘qdan keyin kichkintoylar uyg‘onib ketishmadi va akasidan qochib yashirinishmadi?
Qayta tergovda aniqlanishicha, Ronaldo jinoyatga qo‘l urishdan avval qurbonlari ovqatiga uxlatadigan dori qo‘shgan ekan. Ammo tibbiy ekspertizada murdalar tanasida hech qanday kimyoviy modda aniqlanmadi. Qotil baribir jazosiz qolmadi, umrbod qamoqqa hukm qilindi. Oradan 45 yil o‘tib qotil o‘zining turmadagi kamerasida vafot etdi.
T.Shomurodov tayyorladi.