AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, delegatsiya tarkibi AQSh Kongressi vakili, Missisipi shtatidan respublikachi kongressmen Trent Kelli va Vakillar palatasining Yo‘llar va vositalar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, Illinoys shtatidan respublikachi kongressmen Derin Laxud hamda ularning xodimlaridan iborat.
Amerikalik qonunchilar O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtlarida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati bilan, shuningdek, respublikamiz vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tashrif davomida delegatsiya mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishadi.