AQSh Senati delegatsiyasi Samarqandning boy tarixiy merosi bilan tanishdi
AQSh Senatining Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusi hamraisi, senator Stiv Deyns boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.
Mehmonlarni Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi.
Delegatsiya a’zolari dastlab Amir Temur maqbarasini ziyorat qilib, Sohibqiron va temuriylar davrining boy davlatchilik tarixi hamda bunyodkorlik an’analari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Registon maydonida bo‘lib, madrasalarning me’moriy yechimlari va ulug‘vorligidan katta taassurot olishdi.
Tashrif doirasida delegatsiyaning Samarqand shahridagi boshqa diqqatga sazovor maskanlar va madaniy meros ob’yektlari bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.