AQSh yuborishni va’da qilib, 9000 dollar olgan fuqaro qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro S.S. fuqaro M.A.ni 18 000 AQSh dollari evaziga Turkiya, Qatar va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, shundan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.