Askar onalariga hurmat ko‘rsatildi

Markaziy harbiy okrug madaniyat va ma’rifat markazida yurtimizning turli hududlarida yigitlik burchini o‘tayotgan samarqandlik muddatli harbiy xizmatchilarning onalari ishtirokida “Askar onalarini sharaflaymiz” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda askarlarning onalari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida ham xuddi shu shior ostida tadbir o‘tkazilib, unda Samarqand garnizonida yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari Nukus shahridan teleko‘prik orqali muloqot qildi.

Videomuloqot davomida ota-onalar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi.