Avstriyada Yevropada birinchi bo‘lib 5G aloqa tarmog‘i ishga tushirildi

Germaniyaning Deutsche Telekom konsernining Avstriyadagi sho‘’ba korxonasi T-Mobile kompaniyasi Yevropada birinchi bo‘lib 5G — beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘idan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Beshinchi avlod aloqa tarmog‘i hozircha 17 ta qishloq hududini qamrab oldi. Rasmiylarning rejasiga ko‘ra 5G texnologiyasi 2025 yilgacha mamlakatning barcha foydalanuvchilariga tarqatiladi. Bu haqda 29 mart, juma kuni «TASS.ru» xabar berayapti.

Xabarda yozilishicha, hozircha T-Mobile ning Avstriya qishloq joylarida yashovchi 200 abonenti foydalanayapti. Ular 100 Mbit/s dan ortiq tezlikda internetda ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

Mart oyi boshlarida, Avstriya 5G — beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i chastotasini auksion orqali yutib olib, Yevropada birinchi bo‘lib telekommunikatsiyaning yangi standartini joriy etishga muvaffaq bo‘ldi.  T-Mobile bilan birgalikda Avstriyaning  A1 Telekom Austria,  Drei, va yana to‘rtta mintaqaviy internet kompaniyalari 5 G tizimini sotib olishgan yaqin kelajakda ular ham ma’lum hududlarga bu xizmatni joriy etishadi.