Ayol mast holda qotillikka qo‘l urdi
- 12.12.2019 12:04
- 513
- Jinoyat va jazo
Spirtli ichimlik iste’mol qilish, mastlik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan quyidagi voqea ham buning yaqqol tasdig‘idir, deb yozmoqda «Postda.uz» nashri.
Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o‘z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan otasi, 1955 yilda tug‘ilgan M.R. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi.
O‘zaro janjal paytida esa ayol M.R.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib, voqea joyida qochib ketadi.
M.R. voqea joyida dunyodan ko‘z yumadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa