"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga qanday tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan?
O‘tgan yili ijtimoiy daftarda qayd qilingan (4-bosqichida) samarqandlik 38691 nafar xotin-qiz dori-darmon bilan ta’minlangan.
Shuningdek, 575 nafariga davolanish uchun yo‘llanma (order) berilgan. (Eng ko‘p yo‘llanma Narpay tumanidan berilgan - 123 ta).
Ro‘yxatdagilarning 315 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
"Daftar"da turgan 187 nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyoti uchun yo‘llanma (order) berilgan.
Bu kabi ishlar uchun davlat byudjetidan 4 milliard 509,9 million so‘m sarflangan.
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 486,1 million, "Ayollar daftari" jamg‘armasidan 367,7 million so‘m mablag‘ ajratilgan.