Ayrim huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tartibi belgilandi
Unga ko‘ra, fuqarolar:
daraxt va o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish, zarar yetkazish boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha – BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdorida;
moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha – BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Rag‘batlantirish huquqbuzarlik bo‘yicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.