Ayrim kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi

O‘zbekistonda quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi: 

➖nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); 

➖eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik); 

➖ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar); 

➖tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar; 

➖psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi); 

➖murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi); 

sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.