Para Osiyo o‘yinlari: Samarqandlik sportchilar 14 ta medalni qo‘lga kiritdi

Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz para sportchilari 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medali bilan 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada viloyatimizdan 3 ta sport turi bo‘yicha yetti nafar sportchi ishtirok etib, 5 ta oltin, 7 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletika bo‘yicha Oybek Egamnazarov bittadan oltin va kumush, Elyorbek Elmamatov kumush, Gulnora To‘ychiyeva 3 ta oltin, 2 ta kumush, Nozima Sa’dullayeva kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Para taekvondodan Karomatoy Rustamova oltin, Umida Mamarajabova kumush, para armrestling bo‘yicha esa Akbar Bozorov kumush va bronza medallariga ega chiqdi.