Balandligi 500 metr, uzunligi 170 kilometrli bino
Bu Saudiya Arabistoni sahrosida quriladi.
Gap shundaki, Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad Ben Salman mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning yangi g‘oyasini ishlab chiqdi. U yurtini neft qazib olish, turizm hamda dam olish bo‘yicha jahon markaziga aylantirmoqchi. Bu g‘oyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi qadam “Neom” loyihasini amalga oshirishi bo‘ladi.
Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahroda noyob shahar barpo etishni o‘z ichiga oladi. Uning noyobligi shundaki, sahro qoq o‘rtasida yagona bitta bino quriladi. Uning eni 200 metr, balandligi 500 metr, uzunligi 170 kilometr bo‘ladi. Osmono‘par shahar qurilishi allaqachon boshlandi. U yerda oz emas-ko‘p emas, 9 million odam yashaydi.
O‘tmishga qaytib
Ko‘pchilik 1987 yilda sobiq CCCRda qurilgan «Luna» sovet ekroplani - suv ustida uchadigan apparat suratini ko‘rgan bo‘lsa kerak.
Hozirda u Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida zanglab yotibdi. Buning sababi, bu transport turini rivojlantirishi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan edi. Lekin gap undan emas ekan. G‘arbda ekroplanni ishlab chiqarishga zarurat sezganlar topildi. Singapurda yangi ekroplan loyihasi yaratildi va bu transportni seriali ishlab chiqarish kelgusi yilda yo‘lga qo‘yiladi.
Uchish apparati kuchli ikkita benzin bilan ishlaydigan 500 quvvatli dvigatelga ega. Bu uni suv ustida 170 km/soat tezlikda uchishini ta’minlaydi.
T.Shomurodov tayyorladi.