Eron Isroil markaziga raketa zarbasi berdi
Parchalanuvchi jangovar kallakli Eron raketasi Isroilning markaziy qismidagi Petah Tikva shahriga zarba berdi.
Bu haqda The Times of Israel nashriga tayanib, Report xabar berdi.
Qurbonlar haqida xabarlar bo‘lmadi.
Isroil mudofaa kuchlari o‘z navbatida, Erondan yana bir ballistik raketa uchirilganini aniqlagani e’lon qilindi. Yaqin orada Isroil markazida sirenalar yana chalinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi Eron hujumlari tufayli 24 soat ichida 280 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilnini aytgandi.
Ulardan 19 kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.
Shanba kuni janglar boshlanganidan beri 1050 kishi kasalxonalarga evakuatsiya qilingan. Ulardan 120 nafari hali ham kasalxonalarda yoki tez yordam bo‘limlarida, qolganlari esa tibbiy yordam olib uyga yuborilgan.
Eronda esa AQSh va Isroilning hujumlari natijasida 787 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.
“Report” xabariga ko‘ra, bu raqamlar Eron Qizil yarim oy jamiyati tomonidan taqdim etilgan.
"Ikki kun oldin boshlangan AQSh va Isroil hujumlari natijasida Eronda jami 787 kishi halok bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Eron Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 504 ta joyda 1039 ta hujum qayd etilgan.
AQSh va Isroil hujumlaridan so‘ng Eronda 555 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.