Baxshichilik Markaziy Osiyodan tarqalgan

Termizda o‘tkazilayotgan xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida bugun “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya ish boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev anjuman qatnashchilarini tabriklab, mazkur festival va konferensiyaning baxshichilik san’ati tarixini o‘rganish va targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Janubiy koreyalik olim Seong Yong Pakning “Markaziy Osiyoda nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik: mintaqada ICHCAP bilan mushtarak ishlar misolida” mavzusidagi ma’ruzasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

- Baxshichilik Odam avlodlari yerda tarqalgan zamonlardan boshlangan va ko‘chmanchilar madaniyati sifatida eldan elga, yurtdan yurtga o‘tib kelgan. Bugun insoniyat madaniy merosiga aylangan baxshichilik san’ati yer yuziga aynan Markaziy Osiyodan tarqalgan, - dedi Seong Yong Pak.

Karimberdi TO‘RAMURODOV

Termizdan maxsus zarnews.uz uchun.