Bayden AQSh Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni yetkazib bermasligini aytdi

AQSh Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish niyatida emas, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.

Reuters xabariga ko‘ra, Bayden Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida tegishli savolga "yo‘q" deb javob bergan.

Keyinroq Bayden ma’muriyati rasmiysi AQSh shusiz ham Ukrainani katta miqdorda qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotganiga aniqlik kiritgan.

Ukraina rasmiylari AQSh, Germaniya va boshqa davlatlar Kiyevni tanklar bilan ta’minlashga rozi bo‘lgach, G‘arb qiruvchi samolyotlarini ham olishni maqsad qilishganini aytgan.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar hozirda samolyot jo‘natishning iloji yo‘q deb hisoblayotganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, bir muncha vaqt o‘tgach, harbiy harakatlarga qarab, bu pozitsiya o‘zgarishi mumkinligini tan oldi Yevropa.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 30 yanvar kuni Ukrainaga samolyotlar yetkazib berilishi ehtimolini izohlar ekan, “umuman olganda, hech nima taqiqlanmaganini” aytgandi.