Bayram tadbirida “Adliya a’lochisi”ga ko‘krak nishoni topshirildi

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Adliya boshqarmasining viloyat, tuman, shahar bo‘limlari, davlat notarial idoralari xodimlari, Advokatlarpalatasi viloyat hududiy boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Alisher Mardiyev barchani Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligi bilan tabrikladi.

Bayram munosabati bilan adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Zohidov va Samarqand shahar 12-son davlat notarial idorasining katta notariusi Shahnoza Ismoilovaga “Adliya a’lochisi”, Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi, professor Ziyodulla Muqimovga “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi. 

Bundan tashqari, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim bosh maslahatchisi Munis Usmonov Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i, tuman, shaharlardagi adliya tizimida samarali mehnat qilayotgan xodimlar viloyat adliyaboshqarmasining faxriy yorliq, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.