Ba’zi joylarda pushti rang qor yog‘adi, ba’zi joylarda qor ta’mi va hidi bilan tarvuzni eslatadi
🔹 Inson yuragi butun hayoti davomida taxminan 2,5 milliard marta uradi va kuniga 7500 litr qon quyadi.
🔹 Olimlar dangasalik yuqori aql-idrok belgisi ekanligini isbotladi. Bundan tashqari, dangasalik odamning o‘yga cho‘mib ketishiga imkoniyat beradi, jismoniy faol odamlar esa bor kuchini sarflaydi, shunda ularda har xil mulohaza qilish uchun vaqt ham, kuch ham qolmaydi.
🔹 Aslida sholiga unchalik katta miqdorda suv kerak emas. Begona o‘tlar bu sharoitda o‘sib keta olmasligi sababli suv ularga qarshi tabiiy himoya hisoblanadi.
🔹 Twitter logotipidagi ko‘k qushcha o‘z ismiga ega – Larri. Ijtimoiy tarmoq yaratuvchilari uni basketbolchi Larri Berd sharafiga atashgan.
🔹 TESLA asoschisi Ilon Mask kompaniyasi logotipi mushuk burni tasviri ekanligini tasdiqladi. Bu haqda u o‘z tvitterida yozgan.
🔹 Tushimizda ko‘rgan barcha odamlar hayotimizda hatto ularni eslab qolmagan bo‘lsak ham, hech bo‘lmaganda bir lahza bizga duch kelgan.
🔹 Ba’zi tog‘larda pushti rang qor yog‘adi. Masalan, Serra-Nevada (Kaliforniya)da tushadigan pushti rang qor ta’mi va hidi bilan tarvuzni eslatadi.
🔹 Kulgi inson organizmidagi antitanachalar faolligi darajasini 20 foizga oshirishi orqali viruslar va saraton hujayralarini o‘ldiradi.
🔹 Xitoyda cho‘kayotgan odamni qutqarish taqiqlangan va jinoyat hisoblanadi, aks holda siz uning taqdiriga aralashgan bo‘lasiz.
🔹 Agar Antarktidadagi barcha muzlar erisa, dengiz sathi Yer bo‘ylab 60 metrga ko‘tariladi.
🔹 Inson miyasida 125 trilliondan ortiq asab aloqalari mavjud. Bu Somon yo‘li kattaligidagi 1500 ta galaktikada joylashgan yulduzlar bilan teng.
🔹 Nepalning tog‘li o‘rmonlarida tanasining uzunligi taxminan 3 santimetr bo‘lgan ulkan asalarilar yashaydi, bu asalarilar odamda gallyusinatsiyalarni keltirib chiqaradigan asal ishlab chiqaradi. Gallyusinogen asalni Himolayning ushbu qismida yashovchi Gurung aholisi tibbiy maqsadlar uchun yig‘adi.
Bahora Muhammadiyeva to‘pladi.