Bemor bolajonlar qalbiga yangi yil shukuhi ulashildi

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 13060 va 29080-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda markaziy harbiy okrug orkestri bilan hamkorlikda "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirda Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestri tomonidan Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar kuylandi. Harbiy xizmatchilar tomonidan ajdodlarimiz ko‘rsatgan jasorat haqida sahna ko‘rinishlari, qo‘l jangi chiqishlari, qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida sovg‘alar berildi.