Besh kunda Samarqandga 31 ming sayyoh keldi

Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, 19-23 mart kunlari Samarqandga 28 ming nafardan ko‘proq mahalliy va 3700 nafardan ortiq xorijiy sayyohlarning tashrifi kuzatildi.

Xorijiy sayyohlar orasida qozog‘istonliklar (1720 nafar) ko‘pchilikni tashkil etdi.

Shuningdek, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi va Turkiyadan ham turistlar ko‘p bo‘ldi.

Umuman, besh kun davomida Yevropa mamlakatlaridan 439 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 328 nafar, AQSh va Janubiy Amerika qit’asidan 84 nafar sayyoh Samarqandga keldi.