Besh nafar g‘olib o‘qituvchi finalda qatnashadi
O‘qituvchilar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan matematika fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha, 12 dekabr kuni ushbu sinovlarda 500 nafardan ortiq viloyatdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey hamda nodavlat umumta’lim maktablarining matematika fani o‘qituvchilari test orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
40 ta ochiq va yopiq testlarni muvaffaqiyatli ishlab, eng yuqori ballar (maksimal 50 ball)ni qo‘lga kiritgan 50 nafar pedagoglar bugun, 13 dekabr kuni o‘tkaziladigan sinovlarning ikkinchi bosqichida yozma ish savollari orqali o‘z bilimini namoyish etadi. Ular orasidan yuqori natijani qayd etgan 5 nafar o‘qituvchi 2021 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.