“Bir vaqtlar Samarqandda” nomli sarguzasht film suratga olinadi
- 14.09.2022 16:47
- 34
- Afisha
O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari tomonidan hamkorlikda “Bir vaqtlar Samarqandda” nomli sarguzasht film suratga olinadi. Bu haqdagi hamkorlik memorandumi XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining biznes-dasturi doirasida imzolandi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, 15 sentyabrda “O‘zbek kino kuni” doirasida dunyoning bir qator davlatlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.
Teglar:
film
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa