“Baron-2” filmi suratga olinmoqda
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ammo pandemiya sabab to‘xtab qolgan "Baron-2" filmining Rossiya-Suriya munosabatlariga bag‘ishlangan qismini tasvirga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.
Bu haqda film rejissyori Rustam Sa’diyev shunday dedi:
– Filmning Rossiya-Suriya munosabatlari haqidagi qismida harbiy jurnalistlar Anton Stepanenko va Yevgeniy Poddubniylarning jurnalist rolini ijro etishlari rejalashtirilgan. Ushbu qahramonlar orqali urush o‘chog‘ida turib, harbiy harakatlar vaqtida ro‘y berayotgan real voqealarni yoritgan jurnalistlarning mahorati ko‘rsatib beriladi.
Rossiyalik hamkorlarning taklifiga ko‘ra, Rustam Sa’diyev ijodiy guruh bilan Moskvaga bordi. U yerda rejissyor rossiyalik harbiy jurnalist Anton Stepanenko bilan uchrashdi.
"O‘zbekkino" bunday terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi kartinani suratga olishga qaror qilganidan xursandman. Film jamoasining axborotlarni ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratayotganligi, jurnalistlarning urush maydonidan turib efir uchun materiallar qanday tayyorlanishini tomoshabinga yetkazib berishga urinayotgani mamnun qildi. Agar pandemiya bo‘lmaganida film allaqachon yakunlangan va efirga ketgan bo‘lardi. Hozir vaziyat ancha barqarorlashgan, yaqin kunlarda filmni suratga olish ishlari o‘z nihoyasiga yetadi" deya izoh berdi Anton Stepanenko.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati.