"Biz bir oilamiz!"

Viloyatimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida “Nuroniylarimiz e’zozda” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda viloyatimizda istiqomat qilib kelayotgan rus, polyak va turk milliy madaniy markazlari vakillari o‘zlarining urf-odat, qadriyat va an’analarini ifoda etuvchi ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirda so‘z olganlar, yurtimizda har bir millat va elat vakillari ahil va inoq yashayotgani, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganini e’tirof etishdi.
Milliy madaniy markazlar tomonidan tashkil qilingan milliy taomlar, yangragan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va laparlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat hadya etdi.