BMT Bosh kotibi Sergey Lavrov orqali Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga yuborayotgan xatida nimalarni so‘ragan?
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 24 aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashi majlislarida rais sifatida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi chog‘ida diplomatdan Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga xat yetkazishni so‘ragan.
Bu haqda 24 aprel kuni jahon tashkilotida ma’lum qilingan.
BMT Bosh kotibining maktubida muddati 18 mayda tugaydigan don bitimi haqida so‘z boradi. Shartnoma muddatini uzaytirish Rossiya Federatsiyasidan oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksporti hali yo‘lga qo‘yilmaganligini bir necha bor ta’kidlagan Rossiya tomonining pozitsiyasiga bog‘liq.
Guterresh, shuningdek, Lavrovga jahon hamjamiyatining Rossiya vakillari uchun vizalar bilan bog‘liq muammoni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari haqida gapirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Xavfsizlik kengashida “BMT Nizomi tamoyillarini himoya qilishda samarali ko‘p tomonlama munosabatlar” mavzusida debat ochgan.
Vazir, ko‘p yillar davomida butun insoniyatning eng oliy farovonligi sifatida ulug‘langan globallashuvni halokatga uchratgan" AQSh rasmiylari haqida gapirgan. Lavrovning fikricha, hozir BMT va uning Nizomi talablari “AQShning global ambitsiyalariga tahdid solmoqda”.
Rossiya aprelda BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilmoqda. Bunga Ukraina va Yevropa Ittifoqi qarshi chiqdi. AQSh rasmiylari Sergey Lavrovning Nyu-York sayohatiga hamrohlik qiladigan rossiyalik OAV xodimlariga viza bermadi, deb ma’lum qilgan Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. Bugun, 25 aprel kuni Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ochiq debatlarida ham ishtirok etadi.