Bo‘yoqdan falsafa yaratgan rassom. Asliddin Isayev ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasida O‘zbekiston Badiiy akadeamiyasi akademigi, rassom Asliddin Isayevning "Ranglarda nur va joziba" nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mus¬taqilligining 27 yilligi munosabati bilan namoyish etilayotgan ushbu ko‘rgazmada rassomning yuzga yaqin rangtasvir asarlari san’at ixlosmandlariga taqdim etilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida rassomning falsafiy ruhdagi asarlari, turli kompozitsiyalarini tasviriy san’at ixlosmand¬lari katta qiziqish bilan tomosha qilmoqda. Ayniqsa, rassomning "Hayot falsafasi", "Samarqand osmonida", "Xat", "Tun" kabi asarlari mutaxassis va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 
Ko‘rgazma 15 sentyabrgacha davom etadi.

Olim SONNIBOYeV.