Bog‘cha direktori qariyb 1 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi
- 25.01.2021 13:04
- 119
- Ta’lim
Maktabgacha ta’lim vazirligining ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani bo‘limi hamkorligida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limida tekshiruv o‘tkazilgan.
Xususan, tumandagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi tekshirilgan. Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan 2014-2020 yillar davomida 37 nafar shaxslarni turli lavozimlarga rasmiylashtirib, ular haqiqatda ishlamagan bo‘lsa-da «o‘likjon» xodimlar nomiga 983,5 million so‘m ish haqi hisoblanib, plastik kartalar orqali noqonuniy hisobdan chiqarilgani aniqlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa