Bolasi halok bo‘lgan ona aeroportni yopishni talab qilayapti
- 07.05.2019 21:01
- 268
- Xorij
Moskvadagi Sheremetevo aeroportida halokatga uchragan Sukhoi Superjet 100 samolyotida yo‘lovchi bo‘lgan va fojia natijasida halok bo‘lgan yo‘lovchilardan birining onasi "Sheremetevo" aeroportini yopishni talab qilayapti. U bu haqda halokat sabablarini o‘rganayotgan surishtiruv qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin nomiga shikoyat-talabnoma jo‘natgan.
Uning shikoyat-talabnomasida zudlik bilan aeroportni yopish talab qilingan.
Jabrlanuvchi ayol tomonidan yollangan advokat Igor Trunovning ma’lum qilishicha, mijozi aeroport rahbarlari, xavfsizlik xizmati va yong‘inga qarshi kurash bo‘linmasi rahbar va xodimlari ustidan jinoiy ish ochishni talab qilmoqda. Ayolning fikricha, ular ishlariga vijdonan yondashmagan va sovuqqonlik qilishgan.
Shuningdek, ayol SSJ-100 rusumli barcha samolyotlarni chuqurlashtirilgan texnik ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilayapti.