Bozorlarda joy tanqisligi bois “yoymachilar” faoliyati yuzaga keladi

3 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Past Darg‘om tumani Juma shahridagi buyum bozorida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan ko‘chada yoyma tarzda noqonuniy savdo qilayotganlar, xalq tilida “yoymachilar”, deb nomlangan olib-sotarlar xususida xabar tarqatildi.

Mazkur xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, tumanning Qator terak va Yangiobod mahallalari hududida joylashgan “Past Darg‘om buyum savdo” MChJ va “Buyum bozori” MChJ hamda “Past Darg‘om meva-sabzavot” MChJ dehqon bozori yo‘l yoqasida joy yetishmasligi oqibatida yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo qilish maqsadida bozorlar hududidan tashqariga chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, “Past Darg‘om buyum savdo” MChJda jami 395 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritadi. Shuningdek, 102 nafar yakka tartibdagi tadbirkor joy yetishmasligi bois yo‘l chetiga chiqib faoliyat yuritmoqda. Aslida ular ham soliqlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelmoqda. Soliq organlari xodimlari tomonidan bozor hududida qonuniy faoliyat yuritishlari yuzasidan doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat bozorda joy yetishmovchiligi sabab yuzaga kelganligini bildiramiz.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.