Bugun 524 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi
🔺2020 yil 31 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773 (+215) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Buxoro viloyatida, 19 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
❗️E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 524 nafar bemor tuzaldi.
❗️Shunday qilib, yurtimizda 14 204 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 9 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.