Bugun Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni
Bu sana 1972 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan va shu vaqtdan boshlab dunyo hamjamiyati tomonidan har yili nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu harakatga 1971 yil 11 mayda BMT Bosh kotibiga 23 mamlakatidan kelgan 2200 olim va madaniyat xodimlari imzolagan murojaati sabab bo‘ldi. Ular insoniyatni atrof-muhitning ifloslanishi munosabati bilan unga tahdid soladigan misli ko‘rilmagan xavf haqida ogohlantirganlar. “Yo biz ifloslanishni tugatamiz yoki u bizni!”. Murojaatnomadagi ushbu masala muhokamaga qo‘yilgan.
Endilikda ushbu sana ommaviy bayram bo‘lib, uning maqsadi tabiiy boylik va resurslarni saqlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishdir. U turli mamlakatlarda yurishlar va parad ko‘rinishida, velosiped sayohatlari va “yashil” bayramlar shaklida nishonlanadi.
4 yildan buyon butun dunyoda tabiatni asrashning dolzarb 10 yilligi o‘tkazilmoqda. 2030 yilgacha davom etadigan loyihalarni amalga oshirar ekan, olimlar bu tashabbuslarni ekologiya borasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun oxirgi muddat va iqlimning qaytmas o‘zgarishi oldini olish uchun so‘nggi imkoniyat deb atagan.