Bugun: Neft va gaz sanoati xodimlari kuni

Yurtimizda har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasi Neft va gaz sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanada ko‘p yillar fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini taqdirlash an’anaga aylangan. Sana munosabati bilan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda gaz ta’minoti filiali direktori Xolmurod Bobomurodov xalq farovonligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan jamoani bayram bilan tabrikladi.
Soha rivoji uchun qo‘shgan munosib hissasi va samarali mehnati uchun 25 nafar xodimga “Hududgazta’minot” AJning faxriy yorliklari topshirildi. 68 nafar xodimga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.