14 ta gaz ta’minoti ob’yekti xususiy operatorga topshiriladi: Ular orasida “Samarqandtumangaz” ham bor
“Gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gaz sotish vazifalarini amalga oshirish uchun gaz ta’minoti ob’yektlarini xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshiriladigan tuman (shahar) gaz ta’minoti bo‘limlariga yoki ular uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’yektlari ro‘yxati, gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gaz sotish vazifalarini amalga oshirish uchun gaz ta’minoti ob’yektlarini xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshirish tartibi haqidagi nizom va gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gazni iste’molchilarga sotish vazifalarini bajarish uchun gaz ta’minoti ob’yektlarini ishlatish va joriy texnik xizmat ko‘rsatish vazifasi topshirilayotgan xususiy operatorlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi.
Xususiy operatorlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:
gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshiriladigan tuman (shahar) gaz ta’minoti bo‘limlariga yoki ular uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’yektlarini tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq belgilash;
tanlov o‘tkazish maqsadida xususiy operatorlarga sotilgan tabiiy gaz qiymati 10 foizidan ortiq bo‘lmagan vositachilik mukofoti boshlang‘ich miqdorini belgilash.