"Hududgaz Samarqand" ta’mirlash tufayli ayrim hududlarda gaz o‘chirilishini ma’lum qildi
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Samarqand-2" GTS gaz tarmoqlari va undagi uskunalarda xavfli gaz ishlarining olib borilishi munosabati bilan ertaga, 15 yanvar kuni soat 12:00 dan 16:00 gacha bir qator hududlarda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatilishi haqda e’lon bermoqda.
Ta’minot to‘xtatiladigan hududlar quyidagilar: Samarqand shahridagi Kimyogarlar shaharchasi, Samarqand tumanidagi "Yangiariq", "Do‘stlik", "Obod turmush", "Gazchilar", "Gulobod", "Parrandachilik" mahallalarida, shuningdek, Past Darg‘om tumanidagi "Turkman", "Chortut", "Kamolot", "Mirzatup", “Quyi Turkman", "Balxiyon"," O‘n ikki", "Ulug‘bek","Charxin", "Baxshiboy", "Gulakandoz"," Namozgoh", "Nayman", "Tinchlik" mahallalari.
“Hududgaz Samarqand” o‘z xabarida ushbu mahallalardagi iste’molchilaridan, gaz jihozlarini o‘chirib qo‘yib, ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘rab, noqulaylik uchun uzr so‘ragan.