Ayrim hududlarga tabiiy gaz yetkazib berishda vaqtincha uzilish bo‘ladi

Samarqand shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ertaga «Samarqandshahargaz» gaz ta’minoti tomonidan «Oqdaryo» GTSda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 10 fevral kuni soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar Muliyon, Muliyonipoyon, Qo‘shchinor, Sadriddin Ayniy, Xalifa Ibrohim, Xo‘ja Abdudarun, Toshkandiy, Ogahiy, Fidoyilar, Sharq, Xalqobod, Abdurahmon Jomiy, Sharq tongi, Galaosiyo, Konigil, Shahriobod, Davlatshoh Samarqandiy, Ibn Sino, Sarbon, Qo‘shbaqqolli mahallasida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi.

"Shu o‘rinda, nomlari keltirilgan hududda yashovchi tabiiy gaz iste’molchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", deyiladi hokimlik xabarida.