Bugun Registonda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlanadi
- 26.05.2024 09:34
- 79
- Sport

Xabar berganimizdek, joriy yilning 14 sentyabr — 6 oktyabr kunlari yurtimizda futzal bo‘yicha FIFA jahon kubogi-2024 turniri o‘tkaziladi.
Unda dunyoning eng kuchli 24 ta futzal terma jamoasi 6 ta guruhga bo‘lingan holda jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
"A", "C" hamda "Ye" guruhi uchrashuvlari Toshkent shahrida joylashgan “Humo” arenada, "V" va "F" guruhi bahslari esa Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida o‘tkaziladi.
Shuningdek, "D" guruhi jamoalari Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Bugun Samarqand shahridagi Registon maydonida turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosim soat 21:00 dan boshlab “Zo‘r” TV telekanalida jonli efirga uzatiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Okaxonning komandasi». Hajviya
- 3 soat avval
- Mutolaa
Ibratli hikoya: Oyoq ostidagi baxt va baxtsizlik
- Bugun, 10:11
- Mutolaa
Sayyorani ulkan odamlar boshqargan
- Kecha, 21:14
- O'qing, qiziq!
Sun’iy intellekt “oq”mi yoki “qora”?
- 15/02, 16:41
- Jamiyat