Registon ansambli direktori majmuani ta’mirlash uchun mardikorlarni jalb qilgan

Bu haqda kecha Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov rahbarligida viloyatdagi madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd etildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabarida qayd etilishicha, Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish mustaqil direksiyasi direktori Behruz Ma’rufi majmuasini ta’mirlash uchun hech kim bilan kelishmasdan, mardikor jalb qilgan. Bu mas’uliyatsizligi uchun  vazifasiga noloyiq deb topilib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida yuqori turuvchi idoralarga taqdimnoma kiritildi.