Bugun Toshkent va Samarqandda 70 nafar bemor sog‘aydi

Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4022 holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2411 nafarga yetdi va hududda 1600 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 52 yoshli ayol bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 384 nafarni tashkil qilmoqda.Ayni paytda viloyatda 25 nafar bemor davolanmoqda.

‼️Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4520 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.