Bugun tug‘ilgan kun

Taniqli kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti Sayfi Jalil (Jalil Jalilov) 1932 yil 20 iyunda Samarqand shahrida tug‘ildi.
Ko‘p yillar o‘zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg‘u asboblari orkestrida sozanda va dirijyor, “Shodlik” ansamblida badiiy rahbari bo‘lib ishlagan. O‘nlab romanslar, simfoniya, opera, syuita va kvartetlar, musiqali komediyalar yaratgan.
Sayfi Jalil kattaqo‘rg‘onlik dramaturg Yazdon Xudoyqulovning “Kampir ketarmish” asari asosida yaratgan musiqali komediyasi bugun o‘zbek drama asarlari durdonasi sifatida oltin fonddan joy olgan.
2003 yil 11 fevralda Toshkent shahrida vafot etgan.