Buxoroda savdoda kelisholmagan fuqaro hamkasbining ikki mashinasini yoqib yubordi

2020 yilning 12 mart kunidan 13 mart kuniga o‘tar kechasi 22 yoshli I.J. o‘zining 21 yoshli tanishi Z.J. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, G‘ijduvon tumani Bo‘lakiyon mahallasida yashovchi 61 yoshli G‘.T. bilan oldindan kir yuvish kukuni savdosi masalasida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lganligi sababli G‘.T.ga tegishli bo‘lgan uning yashash hovlisi oldida turgan “Captiva” va “Ford Tranzit” rusumli avtomashinalari ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborib, unga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgan va hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinishgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan J.I. va J.Z.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.