Buyuk Britaniya mehnat muhojirlari bo‘yicha chora-tadbirlar paketini qabul qildi

Hukumat mamlakatda ishchi kuchi tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir qator chora-tadbirlar qabul qildi. Jumladan, yuk mashinalari haydovchilariga 5 ming va parrandachilarga 5500 viza berish rejalashtirilmoqda, deyiladi mamlakat transport vazirligi bayonotida.

Buyuk Britaniya so‘nggi bir necha oy ichida yuk mashinalar va yonilg‘i transporti haydovchilari yetishmasligi tufayli oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlarga duch keldi. Bu neft kompaniyalarining ba’zi yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopilishiga olib keldi. Mamlakat aholisi vahimada benzin sotib olishni boshladi. Iyul oyi oxirida Avtomobil tashuvchilar uyushmasi mamlakatda 100 ming yuk mashinasi haydovchisi yetishmayotgani haqida ogohlantirdi. Bu Brixitdan keyin ularning aksariyati Buyuk Britaniyadan ketishi va koronavirus murakkab pandemiya sharoiti tufayli ro‘y berdi.

Qisqa muddatli vizalar bilan parrandachilik xo‘jaliklariga haydovchi va ishchilarni yollash oktyabr oyida boshlanadi va 24 dekabrgacha davom etadi.

Shu bilan birga, boshqarma bu chora muammoning uzoq muddatli yechimi emasligini ta’kidladi. Rasmiylar ish beruvchilar mamlakat ichida kadrlar tayyorlashga uzoq muddatli sarmoyalar kiritishini kutishmoqda.

Transport vazirligi yaqin kelajakda 4 mingtacha yuk mashinalari haydovchilarini o‘qitadi. Ta’lim vazirligi, o‘z navbatida, yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim kurslarini yaratish uchun 10 million funt ajratadi. Mudofaa vazirligi kelgusi 12 hafta ichida mamlakatda o‘tkaziladigan haydovchilik imtihonlari sonini sezilarli darajada oshirishga ruxsat berish uchun o‘z imtihonchilaridan foydalanadi.

Rasmiylar haydovchilarga mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim roli uchun 1 million minnatdorchilik maktubi yuborish, uni tark etganlarni ishga chaqirish niyatida.