Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi ta’mirlanishi sababli ko‘chaning bir qismida transport vositalarining harakati cheklandi
Samarqand shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlarini olib boriladi. Ko‘chaga to‘liq asfalt qoplamasi yotqizilib, tungi yoritish moslamalari o‘rnatiladi. Shuningdek piyodalar yurish yo‘li va yashil maydon yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayni vaqtda ko‘chani obodonlashtirish-ta’mirlash boshlangan.
Shu munosabat bilan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasi tutashmasiga qadar bo‘lgan qismida transport vositalarining bir tomonlama harakati cheklandi.