Jizzax yo‘lida yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketildi

Jizzax viloyatidagi yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq oq matoga o‘ralgan bo‘lib, daraxt yaqinida qoldirilgan edi. Bu haqda OAV xabar tarqatmoqda.

«Neksiya» avtomobilining 22 yoshli haydovchisi o‘tib ketayotganda bolani ko‘rib qoladi va o‘sha yerdagi yaqin kasalxonaga olib boradi.

Qizcha ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan 117 (xavf ostida qolish) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chaqaloqning onasini qidirishmoqda.