Chexiyadagi sanatoriyda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Chexiyaning Karlovi Vari shahrida O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Berlindagi Elchixona ma’lumotiga asosan xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 10 iyul kuni Karlovi Vari shahridagi sanatoriylardan birida O‘zbekiston fuqarosi N. J. vafot etdi.
Ayni paytda Elchixonaning Konsullik bo‘limi marhumning qarindoshlari va Praga shahridagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni, jumladan O‘zbekiston fuqarosining jasadini Vatanga yuborishni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin shahridagi Elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.