Daraxtga urilgan "Spark" haydovchisi hodisa joyida vafot etdi
Bugun, 5 noyabr kuni soat 03:30 larda, Toshkent shahar Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasi, 4A-uy qarshisida haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Q.T. “Spark” rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Oqibatda “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi Q.T. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli K.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raydi.