Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat ramzlari - g‘ururimiz

Samarqand shahridagi 8-maxsus ko‘zi ojizlar madaniyat markazida 8 dekabr - Konstitutsiya hamda 10 dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda so‘z olganlar bosh Qomusimiz, madhiyamizning inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalashdagi ahamiyatiga to‘xtaldilar.

Markazdagi to‘garaklar a’zolari tomonidan ijro etilgan Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar davraga fayz bag‘ishladi.

Anvar ERMAMATOV.