Deputat kambag‘allikning qisqartirishda manzilli ish yuritmoqda

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Badriddin Nasriyevning Samarqand shahridagi Xo‘jaqishloq mahallasida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbati haqida ana shunday xulosa qilish mumkin.

Negaki, o‘zaro muloqot chog‘ida aholining qiziqishi, kelgusi rejalari, oilalar daromadlarini oshirish, bu borada davlat darajasida ko‘rsatilayotgan yordam borasida fikr almashindi.

Shundan so‘ng "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarning ishga yaroqli a’zolari bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla fuqarosi Musobiya Zoxidovaga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Hududda oqava suv masalasi og‘irligini inob olib, Naim Mavlonov va Ziyoviddin Azimovlarga tomorqa yerlarini sug‘orish uchun artezian quduqlar qazishga, Vazira Sulaymonovaga tikuv mashinkalari sotib olishga, Jahongir Asliyevga esa milliy shirinliklar tayyorlash bo‘yicha dastgohlar xarid qilishi uchun tijorat banklari kreditlari ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.

Shu bilan birga hududdagi tadbirkorlar Tolib Saidov, Baxtiyor Beknazarov va Kamol Xolovlar bilan uchrashib, ularning elektr energiyasidan uzilishlar, ichimlik suvi, avtomobil yo‘llarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yer maydonlari ajratish kabi ko‘tarilgan muammolarini amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etishida hamkorlikda qilinadigan ishlar belgilab olindi.