Deputatlar mingchinorliklarga ko‘mak bera oladimi?

13-Kildon saylov okrugi va 14-Mingchinor saylov okrugidan viloyat Kengashi deputatligiga saylangan deputatlar - Feruz Nasrullayev va Baxtiyor Abdullayev Bulung‘ur tumanidagi  Mingchinor mahallasi ahlining muammolarini o‘rgandi.

Ichimlik suvi masalasi va ekinlarni sug‘orish bilan bog‘liq muammolar bevosita joylarga chiqib o‘rganildi. Uning yechimi mutaxassis va aholi bilan birgalikda tahlil qilindi va qisqa muddatda hal etish bo‘yicha rejalar tuzildi.

Muloqot chog‘ida Mingchinor mahallasi raisi Saodat Allayorova hududda tikuvchilik, novvoyxona, qandolat sexi, go‘zallik saloni, sartaroshxona hamda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etishga ehtiyoj borligini o‘rtaga tashladi. Deputatlar bu borada mingchinorlik tadbirkorlarga yer maydoni va kredit ajratilishida ko‘mak berajaklarini bildirishdi.