Diqqat, “Avtopatrul”!

Shu yilning 15-20 iyul kunlari Samarqand shahri va Samarqand tumanida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan “Avtopatrul” reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida aniqlangan 2015 ta qoidabuzarlikning 1191 tasi qo‘pol qoidabuzarlik hisoblanadi. Jumladan, 13 holatda transport vositasini mast holda boshqarish, 243 holatda svetofor va chorrahadan o‘tish qoidasini buzish, 171 holatda quvib o‘tish qoidasiga rioya etmaslik, 390 holatda odam tashish qoidasini buzish qayd etildi. 12 nafar haydovchi transport vositasini boshqarish paytida telefondan foydalangani uchun, 2 nafar haydovchi esa transport vositasi oynasi tusini o‘zgartirgani uchun ma’muriy jarimaga tortildi. 11 nafar uchar haydovchilar esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi uchun chora oldi. Reydlar davomida 311 ta transport vositalari vaqtincha jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Viloyatimizda “Avtopatrul” reyd tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.