Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi
2019 yilning 29-30 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.
Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.
Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.
TIV xabariga ko‘ra, Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.