Dollar birdan qimmatladi: O‘zbekiston banklarida dollar kursi 8900 so‘mni tashkil etmoqda

O‘zbekistonning xususiy banklarida chet el valyutasi 200 so‘mga ko‘tarilgan. Bu haqda “UzNews” xabar bermoqda.

9 avgustdan bir qator banklar dollarni 8840 so‘mdan sotib olishmoqda, 8900 so‘mdan sotishmoqda. Quyida yangi almashinuv kursi o‘rnatilgan banklar ro‘yxati keltirilgan.

Ipoteka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
Kapitalbank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
Hamkor bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
Davr bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
Asia Alliance bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;
Universal bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;
Asaka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
Aloqa bank: sotib olish - 8840, sotish - 8880.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgustdan boshlab Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kurs 8704.87 so‘mni tashkil etadi.